poto 3

ISFT institutida “Mustaqillik darsi” tashkil etildi

ISFT instituti talabalari uchun “Mustaqillik darsi” tashkil etildi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor

Z.Norkuziyeva, Ijtimoiy-gumanitar kafedrasi o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda taniqli siyosatshunos, tarixchi va jamiyatshunos olim, siyosiy fanlar doktori, professor Narzulla Qosimovich Jo‘rayev ishtirok etib, O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati, milliy davlatchilik va yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr bildirdi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir yoshlarning Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va fuqarolik mas’uliyatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

10

Sentabr2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT institutida doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul bo‘yicha imtihon va suhbatlar o‘tkaziladi

28

Oktabr2026
ISFT institutida Ilmiy-uslubiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

17

Oktabr2026
ISFT institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” loyihasi doirasida davra suhbati o‘tkazildi

15

Oktabr2026
​ISFT institutida «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

14

Oktabr2026
Xorijiy tillar fan olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi

08

Oktabr2026