ISFT Olimpiadasi G‘oliblari

Xorijiy tillar fan olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi

ISFT institutida talabalarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Xorijiy tillar fan olimpiadasi” o‘z yakuniga yetdi.

Olimpiada davomida ishtirokchilar xorijiy tillar bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etib, bilim, intilish va mehnatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Qizg‘in va murosasiz bellashuvlar yakuniga ko‘ra, 1-o‘rin Vahobova Muslima (26-FL-01), 2-o‘rin Mirsaidova Muslima (13-IAAF-01) hamda 3-o‘rin G‘ofurova Mubina (25-FL-03) tomonidan egallandi.
Olimpiada g‘oliblarini taqdirlash marosimi 15-oktabr kuni soat 11:00 da ISFT institutining asosiy binosi, 108-xonasida bo‘lib o‘tadi. Taqdirlash marosimida g‘olib talabalar o‘zlarining munosib natijalari uchun taqdirlanadilar.
ISFT instituti barcha g‘oliblarni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etadi hamda ularga kelgusidagi ta’lim, ilmiy izlanish va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. Yoshlarning bilimga bo‘lgan intilishi va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday tadbirlar ularning intellektual salohiyatini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

08

Oktabr2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT institutida doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul bo‘yicha imtihon va suhbatlar o‘tkaziladi

28

Oktabr2026
ISFT institutida Ilmiy-uslubiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

17

Oktabr2026
ISFT institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” loyihasi doirasida davra suhbati o‘tkazildi

15

Oktabr2026
​ISFT institutida «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

14

Oktabr2026
Xorijiy tillar fan olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi

08

Oktabr2026