
ISFT talabalari Buxoro davlat universitetidagi ilmiy-amaliy konferensiyada muvaffaqiyatli ishtirok etishdi
2025-yil aprel oyida Buxoro davlat universitetida "Siyosiy fanlarning dolzarb muammolari" mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda mamlakatimizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari qatori International School of Finance Technology and Science (ISFT) instituti ham faol ishtirok etdi.
ISFT institutining iqtidorli talabalari o‘zlarining ilmiy izlanishlari natijasi bo‘lgan dolzarb maqolalar bilan konferensiyada munosib qatnashib, ilmiy jamoatchilik e’tiborini qozondi. Quyida ushbu konferensiyada maqolalari bilan ishtirok etgan talabalar ro‘yxatini taqdim etamiz:
- Aliyeva Ozoda – “Makiavelli va Makiavelizm”
- Sadiyev Navro‘z – “Madaniyatlar globallashuvi jarayonida milliy oʻzlikni anglashdagi muammolar”
- Ibrohimov Sharifjon – “Globalizm jarayonida Oʻzbekistonning tashqi siyosiy faoliyati”
- Baxtiyorov Mansurbek – “Jahon siyosatida yumshoq kuchning tutgan oʻrni va ahamiyati”
- Javliyeva Shodiyona – “Manfaatlar toʻqnashuvi jarayonida davlatlarning siyosiy pozitsiyalari”
Talabalar tomonidan taqdim etilgan ilmiy ishlarda zamonaviy siyosiy jarayonlarga chuqur tahliliy yondashuv, milliy va global muammolarni kompleks ko‘rib chiqish va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalari yaqqol namoyon bo‘ldi. ISFT instituti bu kabi tashabbuslarni har doim qo‘llab-quvvatlab kelmoqda va yosh tadqiqotchilarni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Konferensiyadagi faol ishtiroklari va yuksak natijalari munosabati bilan ISFT instituti rahbariyati tomonidan mazkur talabalar pul mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu mukofotlar nafaqat ularning mehnati va izlanuvchanligini e’tirof etish, balki boshqa talabalar uchun ham o‘rnak bo‘ladigan rag‘bat sifatida xizmat qiladi.
ISFT instituti yoshlar ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ularni milliy va xalqaro miqyosdagi ilmiy maydonlarda faol ishtirok etishga yo‘naltirish yo‘lida o‘z sa’y-harakatlarini izchil davom ettirmoqda.
23
Do'stlar bilan ulashish: