photo-collage.png (1)

ISFT institutida yangi o‘quv yili oldidan Institut kengashi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 26-avgust kuni ISFT institutida navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda professor-o‘qituvchilar, rahbariyat va bo‘lim rahbarlari ishtirok etishdi.

 

Yig‘ilishda institutning yangi o‘quv yili uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi. Ta’lim sifatini yanada yuksaltirish, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish, shuningdek, ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha muhim tashabbuslar ilgari surildi.

 

ISFT instituti jamoasi har yili bo‘lgani kabi, bu safar ham yangi o‘quv yilini katta marralar sari intilish va yangicha g‘oyalar bilan qarshi olmoqda. Yig‘ilish davomida so‘zga chiqqanlar ta’lim jarayonini zamonaviy standartlarga moslashtirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda talabalarning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tishdi.

 

Tadbir yakunida institut jamoasi oldida turgan dolzarb vazifalar yana bir bor eslatib o‘tildi. Yig‘ilishni Institut rektori Ibrohim G‘ulomov yakunlab, barcha professor-o‘qituvchilarni yangi o‘quv yilidagi samarali faoliyatga chorlab, muvaffaqiyatlar tiladi.

26

Avgust2025

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT institutida magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tdi

26

Iyun2026
ISFT instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi: strategik vazifalar, ta’lim sifati va ilmiy yutuqlar e’tirofi

01

May2026
“Ekofaol yoshlar” loyihasi doirasida ekologik aksiya o‘tkazildi

25

Aprel2026
ISFT institutida BRM oyligi doirasidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi

20

Aprel2026
Ilmiy seminar: islohotlar va istiqbollar muhokama markazida

20

Aprel2026