
“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusidagi ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkazildi
2025-yil 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan ISFT institutida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi — talaba va yosh tadqiqotchilarning Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganishi, uning ijtimoiy-siyosiy ahamiyatini ilmiy yondashuv asosida yoritishi hamda huquqiy madaniyatni oshirishdan iboratdir.
Tanlovda bakalavriat va magistratura talabalari, ilmiy tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar hamda doktorantlar faol ishtirok etdilar. Ko‘rib chiqish uchun jami 18 ta ilmiy maqola qabul qilindi. Ushbu maqolalarda Konstitutsiyaning ijtimoiy-siyosiy o‘rni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi ahamiyati, huquqiy normalarning amaliy qo‘llanilishi hamda konstitutsiyaviy tamoyillarning zamonaviy talqinlari ilmiy asosda yoritildi.
Hakamlar hay’ati tomonidan maqolalar mazmuni, ilmiy-nazariy yondashuvi, dolzarbligi, amaliy ahamiyati va yangilik darajasi bo‘yicha har tomonlama tahlil qilindi. Baholash natijalariga ko‘ra, 18 ta maqola orasidan eng yuqori ball to‘plagan 3 ta maqola g‘olib deb topildi.
G‘oliblar tanlov Nizomiga muvofiq diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tanlov g‘oliblari:
I o‘rin — Baxtiyorov Mansurbek
ISFT instituti, Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi, 2-bosqich bakalavriat talabasi
II o‘rin — Kubaymurodova Shaxrizoda
ISFT instituti Samarqand filiali, Pedagogika yo‘nalishi, 1-bosqich magistranti
III o‘rin — Qodirova Shaxrizoda
ISFT instituti, Davlat moliyaviy nazorati va audit yo‘nalishi, 1-bosqich magistranti
Mazkur tanlov institutda ilmiy faollikni oshirish, Konstitutsiya bo‘yicha ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish, talabalarda huquqiy ong va savodxonlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
10
Do'stlar bilan ulashish: