Blue_And_White_Modern_Tour_And_Travel_Promo_Instagram_Post_20261015 (3)
1 / 3

​ISFT institutida «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, shuningdek, Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Zavqiddin Nasimov va Yahyoxon Fayoz mehmon sifatida ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida talaba-yoshlar ijodkorlar asarlaridan she’rlar ijro etdilar. Mehmonlar esa o‘z ijod namunalaridan o‘qib eshittirib, yoshlarga samimiy fikr va tavsiyalarini bildirdilar.
Loyiha doirasida «Yashil makon» dasturi ham qo‘llab-quvvatlanib, institut hovlisiga 2 tup manzarali archa daraxti ekildi. Shuningdek, ijodkorlar bilan birgalikda Shayxontohur tumanidagi 102-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurilib, o‘quvchi-yoshlar uchun ma’naviy kecha tashkil etildi.
Mazkur loyiha yoshlarning adabiyotga, kitobxonlikka va milliy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

14

Oktabr2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT institutida talabalarning ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi

06

Noyabr2026
ISFT institutida doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul bo‘yicha imtihon va suhbatlar o‘tkaziladi

28

Oktabr2026
ISFT institutida Ilmiy-uslubiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

17

Oktabr2026
ISFT institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” loyihasi doirasida davra suhbati o‘tkazildi

15

Oktabr2026
​ISFT institutida «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

14

Oktabr2026