
ISFT institutida doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul bo‘yicha imtihon va suhbatlar o‘tkaziladi
Hurmatli talabgorlar!
“International School of Finance and Technology” instituti 2026-yil 18-noyabr kuni soat 10:00 da quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) hamda mustaqil izlanuvchilik institutiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihon va suhbat o‘tkazilishini ma’lum qiladi.Ixtisosliklar:
- 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit
- 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit
- 08.00.11 – Marketing
- 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq
- 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa
- 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya
- 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi
Imtihon va suhbat o‘tkazilishidan oldin barcha talabgorlar quyidagi hujjatlar jamlangan papkani Ilmiy bo‘limga (asosiy bino, 315-xona) topshirishlari zarur:
Kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma;
Bakalavr va magistr diplomlari nusxalari;
Chop etilgan ilmiy maqolalar nusxalari;
Chet tilini bilish sertifikati (tayanch doktorantura va doktoranturaga hujjat topshirganlar uchun);
Ilmiy rahbar roziligi.
Sana: 2026-yil 18-noyabr
Vaqt: 10:00
Hujjatlarni topshirish manzili: Asosiy bino, 315-xona.
Barcha talabgorlarni belgilangan vaqtda imtihon va suhbatda ishtirok etishga hamda zarur hujjatlarni o‘z vaqtida topshirishga chaqiramiz.
ISFT instituti — ilmiy salohiyat va yuksak marralar sari!
28
Oktabr2026
Do'stlar bilan ulashish: