ISFT institutida doktorantura imtihonlari
1 / 12

ISFT INSTITUTIDA DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA QABUL IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TDI

2026-yil 18-noyabr kuni ISFT institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) hamda mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirgan talabgorlar ishtirokida mutaxassislik fanlari bo‘yicha imtihon va suhbatlar tashkil etildi.

Qabul jarayonida respublikamizning yetakchi ilmiy maktablari vakillari, akademik G‘. Shaumarov, professorlar N. Jo‘rayev, B. Isroilov, M. Ikramov, F. Karimova, Sh. Ilxamov, fan doktorlari D. Xusanova, M. Xidirov, X. O‘ktamov hamda A. Usmonovlardan iborat nufuzli qabul komissiyasi ishtirok etdi.
Imtihon va suhbatlar quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha o‘tkazildi:
– 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit;
– 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit;
– 08.00.11 – Marketing;
– 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq;
– 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa;
– 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya;
– 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Imtihon va suhbatlar davomida talabgorlarning tanlagan ilmiy ixtisosligi bo‘yicha nazariy bilimlari, ilmiy-tadqiqot olib borish salohiyati, mustaqil ilmiy fikrlash qobiliyati hamda tadqiqot yo‘nalishiga oid bilim va kompetensiyalari baholandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, talabgorlar orasidan belgilangan talablar asosida saralangan nomzodlar doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish uchun tavsiya etildi.
ISFT instituti ilmiy faoliyat va ilmiy kadrlar tayyorlash yo‘nalishidagi ishlarni izchil davom ettiradi.

IMG_2599

21

Noyabr2026

Döstlar bilan ulaşiş:

Söngi yangiliklar

ISFT INSTITUTIDA DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA QABUL IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TDI

21

Noyabr2026
GLOBALLASHUV DAVRIDA TASAVVUF QADRIYATLARI VA FALSAFASI TAQDIRI MAVZUSIDA ILMIY-NAZARIY SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

12

Noyabr2026
ISFT institutida ilmiy faoliyat va kelgusi yil rejalari muhokama qilindi

11

Noyabr2026
ISFT institutida talabalarning ijara xonadonlaridagi yaşaş şaroitlari örganildi

06

Noyabr2026
ISFT institutida doktorantura va mustaqil izlanuvçilikka qabul böyiça imtihon va suhbatlar ötkaziladi

28

Oktabr2026