
GLOBALLASHUV DAVRIDA TASAVVUF QADRIYATLARI VA FALSAFASI TAQDIRI MAVZUSIDA ILMIY-NAZARIY SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
2026-yil 12-noyabr kuni ISFT institutida “Globallashuv davrida tasavvuf qadriyatlari va falsafasi taqdiri” mavzusida ilmiy-nazariy seminar tashkil etildi.
Seminarda falsafa fanlari doktori, Antiquye World Xalqaro Fanlar Akademiyasi hamda ISFT instituti professori Xolmo‘minov Ja’far Muhammadiyevich ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Seminar davomida globallashuv jarayonida tasavvufning ma’naviy-falsafiy ahamiyati, uning umuminsoniy qadriyatlar tizimidagi o‘rni, shuningdek, zamonaviy jamiyat taraqqiyotiga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan muhokama qilindi.
Tadbirda professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar ishtirok etib, mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashdilar hamda ilmiy munozaralarda qatnashdilar.
Mazkur seminar tasavvuf falsafasi, ma’naviy meros va milliy-ma’naviy qadriyatlarni zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganish, yosh tadqiqotchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish hamda ilmiy muloqotni rivojlantirishga xizmat qildi.
ISFT instituti ilmiy-ma’rifiy tadbirlar va ilmiy-nazariy seminarlarni tashkil etish orqali ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda akademik muhitni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.
12
Döstlar bilan ulaşiş: