1

Italiyaning “Ship2Shore” jurnalning maxsus 42-sonini to‘lig‘icha O‘zbekiston va ISFT institutiga bag‘ishlandi.

MARKAZIY OSIYODA YANGI AKADEMIK KO‘PRIK: ISFT VA YEVROPA MULOQOTI

Toshkent shahri bag‘rida joylashgan International School of Finance, Technology and Science (ISFT) instituti so‘nggi yillarda nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo ilm makonida yangicha qiyofa kasb etmoqda. 2025-yil 27-fevral kuni ISFT instituti “Ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlardagi an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar dialektikasi” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazib, global ilmiy muloqotlar maydonida o‘z bayrog‘ini baland ko‘tardi.
 

Italiyaning mashhur “Ship2Shore” axborot agentligi direktori Angelo Scorza mazkur anjumanda faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. O‘zbekistonni ilk bor ziyorat qilgan mehmonimiz qalbida ISFT instituti samimiyliligi, talabalar ilmiy intilishi va jamoadagi innovatsion ruh chuqur taassurot qoldirdi. O‘z nutqida Jenova shahri va uning Italiya dengizchiligi, tijorat va moliya tarixidagi roli haqida hikoya qilgan Scorza tarixiy dalillar orqali Toshkentda yuzaga kelayotgan yangi ilm-fan o‘chog‘i — ISFT instituti bilan intellektual parallellar chizdi.
 

Italiyalik jurnalist ISFT institutini “ilmiy-tadqiqot va akademik yondashuvlarda zamonaviy Yevropa madaniyati bilan raqobatlasha oladigan maskan” deb ta’rifladi. U institutda faoliyat yuritayotgan yosh olimlarning ishtiyoqi, til bilimi, xalqaro hamkorliklarga ochiqligi hamda ta’lim texnologiyalaridagi ilg‘or yondashuvlarni alohida e’tirof etdi. Ayniqsa, ISFT instituti rahbariyatining ilmiy tashabbuslari alohida diqqatga sazovor bo‘ldi.
 

Angelo Scorza “Ship2Shore” jurnalining maxsus 42-sonini O‘zbekiston va ISFT institutiga bag‘ishladi. Unda, jumladan, shunday deyilgan:

“Kecha tongda Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nganimda qor yog‘ayotgan edi, bu kabi ob-havoga ko‘nikmagan bo‘lsak-da, bizni juda iliqlik bilan kutib olishdi.”
 

Italiyalik mehmon ISFT institutining ilm-fan, madaniyat va xalqaro hamkorlikdagi roli haqida to‘xtalar ekan, uni O‘zbekistonning yangi intellektual “portali” deb atadi. Uning nazarida bu maskan — Sharq bilan G‘arb o‘rtasidagi zamonaviy ilmiy aloqalar ko‘prigi bo‘lib bormoqda.
 

Shunday qilib, ISFT instituti bugun nafaqat milliy ta’lim tizimi uchun, balki butun Yevrosiyo ilmiy makoni uchun ham qadri baland bo‘lgan zamonaviy bilimlar va xalqaro aloqalar maskaniga aylanmoqda.

16

Aprel2025

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

Italiyaning “Ship2Shore” jurnalning maxsus 42-sonini to‘lig‘icha O‘zbekiston va ISFT institutiga bag‘ishlandi.

16

Aprel2025
Hamkorlik memorandumi imzolandi

04

Aprel2025
ISFTda "Yashil buxgalteriya" bo‘yicha xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi

04

Aprel2025
Global Accounting Insights — Monash University Malaysia professori Norita Mohd Nasir ishtirokida

03

Aprel2025
ISFT INSTITUTIDA “RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUN’IY INTELLEKTUAL TIZIMLAR” MAVZUSIDA ILMIY SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

26

Mart2025