
ISFTda magistrlik dissertatsiyalari holati böyiça monitoring ötkazildi
2026-yil 20 va 27-yanvar kunlari ISFT Magistratura bölimi tomonidan kafedra mudirlari hamda magistrantlarning ilmiy rahbarlari iştirokida magistrlik dissertatsiya işlarining joriy holatini örganişga qaratilgan monitoring tadbirlari taşkil etildi.
Monitoring jarayonida magistrantlar tomonidan magistrlik dissertatsiyasi mavzulari doirasida naşr etilgan ilmiy maqolalar va tezislar tizimli ravişda közdan keçirildi. Dissertatsiya işlarining mazmuniy yaxlitligi, ilmiy yangiligi, tanlangan mavzularning dolzarbligi hamda amaldagi ilmiy-metodik va normativ talablarga muvofiqligi tahlil qilindi.
Şuningdek, dissertatsiya işlarini rasmiylaştiriş, manbalar bilan işlaş, ilmiy iqtiboslar beriş tartibi hamda akademik yozuv madaniyatiga rioya etiş masalalari böyiça uslubiy tavsiyalar berildi. Ilmiy rahbarlar tomonidan magistrantlarning tadqiqot faoliyatini takomillaştiriş, dissertatsiya işlarining sifat körsatkiçlarini oşirişga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi.
Mazkur monitoring tadbirlari magistrantlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tizimli taşkil etiş, dissertatsiya işlarini belgilangan talablarga muvofiq tayyorlaş hamda ularning yakuniy himoyaga tayyorgarlik darajasini oşirişga xizmat qiladi.
27
Döstlar bilan ulaşiş: