Tadbirda respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari olimlari, davlat tashkilotlari vakillari hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etishdi.
Konferensiyani ISFT instituti rektori G‘ulomov Ibrohim Rustam o‘g‘li ochib berib, tadbirning ahamiyati va uning mamlakatda biznesni rivojlantirishga qo‘shadigan hissasi haqida so‘z yuritdi.
Tadbirda quyidagi mehmonlar ishtirok etishdi:
— O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining maslahatchisi R. Kusherbayev;
— O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bosh mutaxassisi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) M. Abduraximov;
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi dekani, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent A. Xolov;
— Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori O. Xamdamov;
— Toshkent Kimyo xalqaro universiteti kafedra mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Sh. Elmurodov;
— Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) X. Atajanov;
— Prezident ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati xodimi Z. Rafikova.
Konferensiya yakunida faol ishtirok etgan olim va tadqiqotchilar faxriy diplomlar bilan taqdirlandilar.
Yakuniy so‘z bilan chiqish qilgan ISFT instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent T. A. Azizov anjumanning ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va yangi g‘oyalarni ilgari surishdagi ahamiyatini ta’kidladi.