debat

ISFT jamoasi “Munozara” respublika turniri saralash bosqichida oʻz mahoratlarini namoyish etdilar

ISFT Institute talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ–4306-son qarori asosida tashkil etilgan “Munozara” respublika turnirining Toshkent shahar hududiy saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 25-apreldan 2-maygacha davom etgan loyiha talaba-yoshlarning tanqidiy fikrlashi, tahliliy yondashuvi va fuqarolik faolligini rivojlantirishga qaratildi.

1-may kuni Toshkent Tibbiyot Akademiyasida o‘tkazilgan bahs-munozaralarda institutning “Siyosiy doktorlar” jamoasi yuqori natijalarni qayd etdi. Jamoa 12 ta oliy ta’lim muassasasi orasida faxrli 2-o‘rinni egalladi. Hududiy bosqichda 80 nafardan ortiq talabalar, mentorlar va tashkilotchilar ishtirok etdi.
“Munozara” loyihasi talabalarning mantiqiy fikrlash, tanqidiy tahlil qilish, o‘z fikrini asosli bayon etish, dalillar bilan himoya qilish va madaniyatli bahs olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, loyiha yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Mazkur tashabbus Birlashgan Millatlar Tashkilotining SDG 4 — “Sifatli ta’lim” hamda SDG 16 — “Tinchlik, adolat va samarali institutlar” maqsadlariga mos kelib, yoshlar orasida ochiq muloqot, tanqidiy tafakkur va inklyuziv ishtirokni rivojlantiradi. ISFT instituti xalqaro akademik standartlarga mos ravishda talabalar salohiyatini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.

07

May2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi: strategik vazifalar, ta’lim sifati va ilmiy yutuqlar e’tirofi

01

May2026
“Ekofaol yoshlar” loyihasi doirasida ekologik aksiya o‘tkazildi

25

Aprel2026
ISFT institutida BRM oyligi doirasidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi

20

Aprel2026
Ilmiy seminar: islohotlar va istiqbollar muhokama markazida

20

Aprel2026
Xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

17

Aprel2026